Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashiga 23-Fayziobod saylov okrugidan saylangan deputat U. Aliqulov o'z saylov okrugidagi "Xursand" MFY hududida joylashgan savdo do'konlarida bo'lib, oziq-ovqat va kundalik iste'mol mollari narxlari hamda ularning sifati bilan yaqindan tanishdi.

O'rganish davomida do'konlardagi narx-navoning barqarorligi, mahsulotlarning yaroqlilik muddati va sanitariya talablariga mosligi ko'zdan kechirildi. Shuningdek, tadbirkorlar bilan muloqot qilinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

Deputat tomonidan aholiga sifatli va hamyonbop mahsulotlar yetkazib berishni ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Saylovchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bunday nazorat tadbirlari davom ettiriladi.