Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🔵Deputat U.Aliqulov "Xursand" MFYdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi

🔵Deputat U.Aliqulov "Xursand" MFYdagi profilaktika inspektori faoliyati bilan tanishdi

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining haftalik ish rejasi ijrosini ta'minlash maqsadida, 23-Fayziobod saylov okrugidan saylangan deputat U. Aliqulov o'z okrugidagi "Xursand" MFYda bo'ldi.

Tashrif davomida deputat mahallada huquq-tartibotni ta'minlash, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan:
👮‍♂️ Profilaktika inspektorining hududdagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi faoliyati;
📋 "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar;
⚠️ Muammoli oilalar, profilaktik ro'yxatda turgan shaxslar bilan ishlash tizimi ko'zdan kechirildi.

O'rganishlar yakunida mahallada tinchlik-osoyishtalikni mustahkamlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va aholi o'rtasida huquqiy targ'ibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mas'ulga tegishli tavsiyalar berildi.