Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏫 TA’LIM MUASSASALARINING MAVSUMGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
☀️ QUYOSH PANELLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI: FARZANDI SALOMATLIGI UCHUN AMALIY YORDAM KO‘RSATILADI
янв.21
🏟 NURAFSHON MAHALLASIDA SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
🍂 2-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
SUV KODEKSI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
🏢 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH — QONUN TALABI
янв.21
⚖️ MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH — QONUN TALABI
янв.21
🏛️ YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Kengash_faoliyati

#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_okrugida
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Polvontosh" mahallasida ish yuritishi va murojaatlar bilan ishlash holati ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining nazorat-tahlil faoliyati doirasida 5-Polvontosh saylov okrugidan saylangan deputat O.Jumayevga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov “Polvontosh” mahallasida o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.

O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi hamda “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari talablaridan kelib chiqib tashkil etildi. Monitoring jarayonida mahalla raisi faoliyati, ichki ish yuritish hujjatlarining belgilangan tartibda olib borilishi, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish muddatlari va ularning ijro holati atroflicha o‘rganildi.

Shuningdek, muloqot davomida mahalla hududidagi dolzarb muammolar hamda ularni deputatlik so‘rovlari va mas’ul tashkilotlar hamkorligida bosqichma-bosqich hal etish masalalari muhokama qilinib, mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1