35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH — DOIMIY EʼTIBORDA
янв.21
DEPUTAT OʻRGANISHI: MAHALLALARDA TADBIRKORLIK VA ISHLAB CHIQARISHNI RIVOJLANTIRISH — DIQQAT MARKAZIDA
янв.21
XUSHXABAR: "YANGIARIQ TRANS" MCHJ AVTOPARKI 18 TA YANGI AVTOBUS BILAN BOYIMOQDA!
янв.21
URGANCH SHAHRI: VILOYAT KUTUBXONASI VA MADANIYAT MASKANLARI HOLATI OʻRGANILDI
янв.21
OQTEPA MFY: BOGʻLAR VA HIYOBONLAR HOLATI KOʻZDAN KECHIRILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HAZORASP TUMANIDA EKOLOGIK NAZORAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILARGA 2026-YIL II CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA AXBOROT BERDI
янв.21
BOG‘OT TUMANI KO‘P TARMOQLI POLIKLINIKASIDA BEPUL DORI-DARMONLAR TARQATILISHI NAZORAT QILINDI
янв.21
“DOLZARB 40 KUNLIK”: MAHALLA FAOLLARI BILAN HAMKORLIK KUCHAYTIRILMOQDA
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA AVTOBUS BEKATLARI HOLATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ AHOLI MUROJAATI ASOSIDA AVTOBUS BEKATLARI HOLATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev aholidan kelib tushgan murojaatlar asosida Mirobod tumanining “Navro‘z” hamda “Mirobod” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududida jamoat transporti infratuzilmasi, xususan, avtobus bekatlarining bugungi holatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.

🚌 O‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — jamoat transportining muntazam harakatlanishi, avtobus bekatlarining holati hamda aholining ulardan qulay va xavfsiz foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish doirasida amalga oshirildi.

🔎 Jarayon davomida hududdagi bir qator avtobus bekatlari birma-bir ko‘zdan kechirilib, ularning mavjud infratuzilmasi, yo‘lovchilar uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya va obodonlashtirish holati hamda kundalik foydalanish uchun qulayligi o‘rganildi.

📍 Ayrim bekatlarda yo‘lovchilar uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash, bekat hududlarini tartibga keltirish, tashqi ko‘rinishini yaxshilash hamda mavjud infratuzilmani talab darajasiga keltirish zarurati mavjudligi aniqlandi.

🔺 Deputat Otabek Jiyanboyev o‘rganish davomida mazkur bekatlardan muntazam foydalanadigan fuqarolar bilan ham bevosita muloqot qilib, ularning jamoat transporti va bekatlar faoliyatiga oid fikr-mulohazalari, takliflari hamda murojaatlarini tingladi.

💬 Muloqotlarda, ayniqsa, fuqarolarning jamoat transportini kutishi uchun qulay sharoit yaratish, bekatlarni ozoda va tartibli saqlash, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda mavjud kamchiliklarni bosqichma-bosqich bartaraf etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📨 O‘rganish natijasida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi. Avtobus bekatlari holatini yaxshilash va fuqarolar uchun zarur qulayliklarni yaratish yuzasidan tegishli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilib, masala deputatlik nazoratiga olindi.

🤝 Aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni bevosita hududlarga chiqqan holda o‘rganish, muammolarga mas’ul tashkilotlarni jalb etish va ularning amaliy yechimiga erishish mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅ Mazkur masala yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Otabek Jiyanboyev tomonidan deputatlik nazorati tartibida kuzatib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8