Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 ISHSIZLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH — USTUVOR VAZIFA
янв.21
🏫 TA’LIM MUASSASALARINING MAVSUMGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
☀️ QUYOSH PANELLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI JOYIDA O‘RGANILDI: FARZANDI SALOMATLIGI UCHUN AMALIY YORDAM KO‘RSATILADI
янв.21
🏟 NURAFSHON MAHALLASIDA SPORT INSHOOTLARI VA SHAROITLARI O‘RGANILDI
янв.21
🍂 2-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
SUV KODEKSI IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
🏢 KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH — QONUN TALABI
янв.21
⚖️ MANFAATLAR TO‘QNASHUVINING OLDINI OLISH — QONUN TALABI
янв.21
🏛️ YOSHLAR BANDLIGI VA YETAKCHI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
AHOLI MUROJAATLARI ASOSIDA BOLALAR MAYDONCHASI TA’MIRLANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining 15-Naqqoshlik saylov okrugi deputati Nazirov Madaminjon Ma’rufjon o‘g‘li tomonidan deputatlik faoliyati doirasida hudud aholisi tomonidan bildirilayotgan murojaat va takliflarni o‘rganish hamda ularda ko‘tarilgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Jumladan, fuqarolarning murojaatlari asosida Katta Do‘mbirobod mahallasi, Usmur 1-tor ko‘chasi, 18-uy yonida joylashgan bolalar maydonchasini ta’mirlash masalasi o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur amaliy choralar ko‘rildi.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida bolalar maydonchasi ta’mirdan chiqarilib, hududdagi bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi, xavfsiz va qulay sharoitda hordiq chiqarishi uchun yanada munosib sharoit yaratildi.

Mazkur ishlar aholi murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish, hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish hamda mahallalarda qulay va obod muhitni shakllantirishga qaratilgan deputatlik faoliyatining amaliy natijalaridan biridir.

Fuqarolar murojaatlari va hududdagi dolzarb masalalarning yechimi deputat nazoratida.

Slide 1 of 1