35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA OLDIDAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI: NARKOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI NAZORATDA!
янв.21
TAYANCH MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
TAYANCH MAHALLASI ICHKI YO‘LLARI O‘RGANILDI: MUAMMOGA DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI YECHIM BERILADI
янв.21
HAZORASP TUMANI "BUYUK AJDODLAR" MAHALLASIDA YO‘L VA INFRATUZILMA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIARIQ TUMANI «TAGAN» MAHALLASIDAGI IJTIMOIY-IQTISODIY KOʻRSATKICHAR VA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

#24_tavsiya_posti
#ish_reja_ijrosi

Hududiy muammolarni hal etish, ta’lim muassasalari faoliyatini yaxshilash hamda aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish — deputatlik faoliyatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir.

Kuni kecha 15-Xoʻjailmkon saylov okrugi deputati Mirova Nargiza Sayfullayevna Xoʻjailmkon MFY hududida boʻlib, aholi murojaatlari va hududdagi amaliy holatni atroflicha oʻrgandi. Oʻrganishlar davomida deputatga mahalla koʻchaboshi S.Xayrullayev hamrohlik qildi.

Tashrif davomida deputat va mahalla vakillari hududda joylashgan 34-sonli Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti (DMTT) faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Muassasa bolajonlarga sifatli taʼlim-tarbiya berish borasida oʻz ishini samarali yoʻlga qoʻygan boʻlsa-da, oʻrganishlar jarayonida jiddiy bir muammo yuzaga chiqdi.

Aniq xatlov va mavjud muammo
Maʼlum boʻlishicha, 34-sonli DMTT oʻz faoliyatini boshlaganiga 1 yil toʻlgan boʻlishiga qaramay, xozirgi kunga qadar muassasaning Kadastr hujjatlari rasmiylashtirilmagan.

Davlat tashkilotining huquqiy-meʼyoriy hujjatlarsiz faoliyat yuritishi kelgusida qator maʼmuriy va tashkiliy qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi shubhasiz.

Yechim va deputatlik soʻrovlari
Xalq vakili Nargiza Mirova ushbu masalaga befarq qaramay, zudlik bilan tegishli choralar koʻrishga kirishdi.

Oʻrganish natijalariga koʻra:

Tuman hokimligiga — 34-DMTTning Kadastr hujjatlarini qisqa muddatda rasmiylashtirish va mavjud huquqiy kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan rasmiy deputatlik soʻrovi yuborildi.

Tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga — Xoʻjailmkon MFY hududidagi aholi qatnovi yuqori boʻlgan koʻchalarni asfaltlashtirish va yoʻl infrastrukturasi holatini yaxshilash yuzasidan alohida deputatlik soʻrovi kiritildi.

"Aholi farovonligi va farzandlarimiz kelajagi uchun munosib sharoit yaratish — asosiy burchimizdir. Hududdagi har bir muammo eʼtiborimizda boʻladi va ularning ijobiy yechimi uchun deputatlik vakolatimizdan toʻliq foydalanamiz", — deydi deputat Nargiza Mirova.
Murojaatlar va yuborilgan deputatlik soʻrovlarining ijro jarayoni deputat va mahalla faollari tomonidan toʻliq nazoratga olindi. Amalga oshirilgan ishlar va natijalar haqida qoʻshimcha axborot berib boriladi.

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt|  ✅Telegram | 📹YouTube

Slide 1 of 8