Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S.Sadikov Xonqa tumani Tayanch MFYda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 27-oktabrdagi O‘RQ-644-son "Narkologik kasalliklar profilaktikasi va ularni davolash to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.
💩O‘rganish davomida mahallada narkologik kasalliklarning oldini olish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, profilaktik tadbirlarning samaradorligi hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligi atroflicha tahlil qilindi.
📝 Shuningdek, qonun talablarining amaliy ijrosi, mavjud holat va muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
✅ Qonun ustuvorligi — sog‘lom jamiyat garovi!