Xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashi deputati Q.Babajanov tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Hazorasp tumanidagi “Buyuk ajdodlar” mahallasida o‘rganish va muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.
📌 O‘rganishlar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:
🟣 Mahalla ichki ko‘cha yo‘llarining amaldagi holati;
🟣Ko‘chalarni tungi yoritish tizimining ishlashi;
🟣Avtomobil yo‘llaridagi tirbandliklar va yo‘l-transport hodisalari (YTH) ko‘p sodir bo‘layotgan hududlarda YTHlarni kamaytirish choralari.
🛣 Amaliy natijalar: Mahalladagi barcha ichki yo‘llar bosqichma-bosqich ta’mirlanib kelinmoqda. Hozirgi kunda 1,5 km qismiga spesht (shag‘al) yotqizilib, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari yakunlanish bosqichida turibdi.
✨ Aholi uchun xavfsiz va qulay yo‘l infratuzilmasini yaratish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasidagi ishlar deputat nazoratida davom etadi.