35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"YOD YETISHMASLIGI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHIB, DOLZARB MUAMMOLARNI TINGLADI
янв.21
SESSIYA OLDIDAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIK
янв.21
BOZORLARDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI NARX-NAVOSI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
DAVLAT DASTURLARI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
QONUN IJROSI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI: NARKOLOGIK KASALLIKLAR PROFILAKTIKASI NAZORATDA!
янв.21
HAZORASP TUMANI "BUYUK AJDODLAR" MAHALLASIDA YO‘L VA INFRATUZILMA HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TAYANCH MAHALLASI ICHKI YO‘LLARI O‘RGANILDI: MUAMMOGA DEPUTATLIK SO‘ROVI ORQALI YECHIM BERILADI
DEPUTAT MUROJAATNI JOYIGA CHIQIB O‘RGANDI

 Fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish va amaliy yechim topish maqsadida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi 14-Nurafshon saylov okrugi deputati S.Jurayeva saylov okrugidagi Amindaryo ko‘chasidan kelib tushgan murojaat yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordi.

O‘rganishda tegishli soha mutaxassislari ham ishtirok etib, ekinlarni sug‘orish bilan bog‘liq mavjud holat atroflicha ko‘zdan kechirildi. Murojaatda ko‘tarilgan masalaning kelib chiqish sabablari o‘rganilib, uni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan birgalikda amaliy choralar belgilandi.

Deputat tomonidan murojaat ijrosini nazoratga olish hamda fuqarolar manfaatlariga daxldor masalaning qonunchilik talablari asosida hal etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish va manzilli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6