Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 GURLAN TUMANIDA “DEHQON XO‘JALIGI TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 BOZORLARDA MAHSULOTLAR NARXI VA YETARLILIGI O‘RGANILDI
янв.21
POLIKLINIKANING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
NAVRO‘Z MAHALLASIDA AHOLI BANDLIGI VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
MAHALLADA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
JAMOAT TRANSPORTI XIZMATLARI VA YO‘LOVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK — AHOLI SALOMATLIGI GAROVI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
"YOD YETISHMASLIGI KASALLIKLARI PROFILAKTIKASI TO‘G‘RISIDA"GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi kotibiyati mudiri U.Quryazov, viloyat Kengashi deputati G‘.G‘oyibov, Xonqa tumani Kengashi raisi X.Abdiramanov hamda Savdo-sanoat palatasi Xonqa tumani bo‘limi boshlig‘i O.Zaripov ishtirokida Xonqa tumanidagi "Xonqa Billur Salt" xususiy korxonasida o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida "Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (2007-yil 3-maydagi O‘RQ–97-son) ijrosi atroflicha tahlil qilindi. Jumladan, korxonada ishlab chiqarilayotgan osh tuzining yod bilan boyitilishi, mahsulot sifati, belgilangan standartlarga rioya etilishi hamda iste'molchilar salomatligini ta'minlashga qaratilgan talablarning bajarilishi ko‘zdan kechirildi.

✅ O‘rganish yakunida mas'ullar tomonidan ishlab chiqarish jarayonini yanada takomillashtirish, qonunchilik talablariga qat'iy rioya etish, sifat nazoratini kuchaytirish hamda aholini sifatli va yodlangan osh tuzi bilan uzluksiz ta'minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5