Yangiliklar

Doimiy komissiya

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

🔹Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Doimiy komissiya yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 yanvardagi "Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5-sonli qaroriga asosan tuman hududida olib borilishi belgilangan ishlar to‘g‘risida tumanlik "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasi mas’ul rahbarining hisoboti tinglandi.

✅ Hisobot davomida deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi. Doimiy komissiya yig‘ilishining qaroriga asosan kun tartibidagi masala tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi belgilandi. 

Slide 1 of 3