Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati B.Usmanov tomonidan "deputatlik so‘rovi" yuborildi.
Qo‘qon shahar “Marg'ilon darvoza” maxalla fuqarolar yig‘ini Sarbotir 1-tor va Sarbotir 2-tor ko'chalarida joylashgan axoliga elektr uzatish moslamasi (TP) eskirganligi faqatgina 120-130 kv. elektr energiyasi yetkazib berayotganligi, elektrda uzulishlar bo'layotganligi ushbu holat esa aholining haqli e'tirozlariga sabab bo'layotganligi yuzasidan murojaat qilingan.
Ushbu murojaat bo'yicha Qo‘qon shahar hokimi o‘rinbosari nomiga Xalq deputatlari Qo‘qon shahar deputati B.Usmanov tomonidan "deputatlik so‘rovi" jo‘natildi.
Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.
📱Telegram (https://t.me/kokand_kengash) | 📱Facebook (https://www.facebook.com/share/g/14V5hNgnHgx/) | 📱YouTube (https://youtube.com/@xalqdeputatlariqoqonshaharkeng?si=FhRuB8dX71FB0t0K) | 📱Instagram (https://www.instagram.com/invites/contact/?utm_source=ig_contact_invite&utm_medium=copy_link&utm_content=1110dzf4)