Yangiliklar

Madad NNT bilan hamkorlikda sayyor qabul

Madad NNT bilan hamkorlikda sayyor qabul

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi va "Madad" NNT o‘rtasida tuzilgan memorandumga asosan bugungi kunda "Madad" NNT tomonidan mahallalarda, muassasa-korxona va tashkilotlarda sayyor qabullar o‘tkazilmoqda.

Shunday qabullardan biri 13-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tdi. Qabul davomida tashkilotda ishlovchilar huquq sohasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga "Madat" NNT tuman bo‘limi huquqiy maslahat berish bo‘yicha mutaxassisi X.Seremuratova tomonidan javoblar berildi.

Qabulda Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Atanazarov ham ishtirok etdi. 

Slide 1 of 3