Xo‘jayli tumani "Samanko‘l" OFY hududidagi 20-sonli maktabda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Milliy tiklanish partiyasidan deputat T.Romanov va Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashiga Ekologiya partiyasidan deputat A.Abdijaliyevalar hudud aholisi bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida deputatlar o‘tgan 3 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Deputatlar tomonidan uchrashuvda hudud aholisining o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha murojaatlarini tinglab, murojaatlar nazoratga olinishini va tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishini aytib o‘tdi.