Yangiliklar

Doimiy komissiya

Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Doimiy komissiya yig‘ilishida tuman prokuraturasi hamda tuman IIB mas’ullarining 2026-yil I-chorak davomida tuman hududida jinoyatchilikning oldini olish va qonunchilik ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi.

Hisobotlarni eshitish davomida deputatlar tomonidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida keng jamoatchilik ishtirokida targ‘ibot ishlarini jonlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar to‘g‘risida takliflar bildirildi. 

Slide 1 of 5