Xo‘jayli tumani Sarishungil O‘FY hududidagi 13-sonli maktabda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Milliy tiklanish partiyasidan deputat T.Romanov va Xalq deputatlari Xo‘jayli tuman Kengashiga Adolat partiyasidan deputat G.Bazarbayeva hudud aholisi bilan uchrashib, o‘tgan 3 oy davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi.
Uchrashuvda hudud aholisi hududdagi o‘zlarini qiynab kelayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Deputatlar tomonidan murojaatlar nazoratga olinishi va tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishini aytib o‘tdi.