⏺Deputat aholi murojaatlari asosida mahallaning ichki ko‘chalarini ko‘zdan kechirdi.
💬Aniqlangan asosiy muammolar:
🔅Ichki yo‘llar: Mahalladagi bir necha ko‘chalarning ta’mirtalabligi, yog‘ingarchilik mavsumida harakatlanish qiyinlashayotgani deputat e’tiborini tortdi.
🔅Elektr tizimi: Ma’nan eskirgan, xavfli holatga kelib qolgan elektr simyog‘ochlari va past osilgan simlar aholi xavfsizligiga xidmat qilmayotgani tahlil qilindi.
🫥Deputat tomonidan mazkur muammolarni bartaraf etish, xususan, yo‘llarni qum-shag‘allashtirish yoki asfaltlash hamda simyog‘ochlarni yangi beton ustunlarga almashtirish bo‘yicha shahar Elektr tarmoqlari korxonasi hamda Obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik so‘rovi yuborilishi belgilab olindi.