Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 18-Buloqboshi saylov okrugidan saylangan deputat S. Karimshikov “Samarobod” mahalla fuqarolari bilan uchrashib ichimlik suvi quvuri yorilishi natijasida sizib chiqib yo‘lning qatnov qismiga oqib chiqayotgan suv ta’minotida kuzatilayotgan masala yuzasidan suhbatlashdi. Aniqlangan muammo yuzasidan suv tarmog`ini ta`mirlash bo`yicha mas’ul mutaxassislar bilan gaplashildi hamda jamoatchilik nazorati o`rnatildi.