Urganch shahridagi “Bahmal Group” MChJda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining 2025-yil “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni loyihasi mazmun mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O’zLiDeP Urganch shahar Kengashi vakillari, Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari S.Masharipov va M.Jumaniyozova, tadbirkorlar, korxonaning ishchi-xodimlari va yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ushbu hujjat loyihasidagi belgilangan maqsad va vazifalar yurtimizda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni keng yo‘lga qo‘yish, tabiatni asrash, hamda atrof-muhit muhofazasiga e’tibor qaratishga
asoslanganligi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlashdi.