Joriy yilning 25-may kuni Xo‘jaobod tuman hokimi J.Bozorboyev rahbarligida tuman Kengashi deputatlari E.Abduraimov, Sh.Almatov, M.Turg‘unova, N.Saidov, A.Aqbo‘tayev, U.Qosimovlar tomonidan o‘z hududlaridagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida ishtirok etildi. Tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablarining bitiruvchilariga tabrik matni tantanali o‘qib eshittirildi.
Tadbirlar davomida deputatlar bitiruvchi o‘quvchilarni an’anaviy ayyomlari bilan qizg‘in tabrikladi hamda bir guruh fidoiy muallimlarga va bitiruvchi yoshlarga esdalik sovg‘alar hamda
tashakkurnomalar taqdim etildi.
Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng o‘quvchilar tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar namoyish etildi.