Murojaatlar ijobiy xal etilmoqda.
Tuman Kengashi deputatlari Elektr ta’minoti korxonasi faoliyatini o’rgandi.
O'zLiDeP Xo‘jaobod tuman Kengashi raisi, deputat D.Almatov, Kengash raisining birinchi o‘rinbosari aparat rahbari M.Dadaxonova va Kengash a’zolari-deputatlar Sh.Yakubov, M.Turg‘unova, Sh.Almatov va A.Aqbo‘tayevlar Kengash rejasiga asosan Xo‘jaobod tumani Elektr ta’minoti korxonasi faoliyati, shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish jarayonida tuman elektr korxonasi xodimlari tomonidan olib borilayotgan
ishlar bo‘yicha soha vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbir davomida Prezidentimiz tomonidan energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi ob’ektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar ijrosini ta’minlash borasida tuman aholisiga sharoitlar yaratilayotgani va ularning mehnatidan fuqarolar roziligini aytib, yaxshi va iliq fikrlar e’tirof etildi. Uchrashuv so‘ngida tuman elektr korxonasi rahbar va mas’ul xodimlariga xalq vakillari bo‘lgan deputatlar minnatdorchilik bildirdilar.