Xitoy davlatining BYD kompaniyasi a'zolari Karmana tumaniga tashrif buyurdilar.
Uchrashuv davomida Karmana tuman hokimi oʻrinbosari A.Akramov hamda Navoiy EIZ direksiyasi direktor oʻrinbosari N.Joʻrayev hamda investorlar Navoiy erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib, BYD avtomobillarini jihozlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha bo‘sh turgan binolar ko‘rib chiqildi. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu loyiha doirasida 500 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan.