MIROBOD TUMANI DEPUTATLARI BAYRAM MUNOSABATI BILAN BOLAJONLARGA QUVONCH ULASHDILAR
Joriy yilning “1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan, Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari tomonidan tumanidagi mahallalar va Toshkent shahar futbol assotsiatsiyada bolalar uchun tadbirlar tashkil etildi.
Tadbirlar davomida bolalar uchun konsert dasturlari, sheʼr va raqslari bilan, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazilib, bolajonlarni shirinliklar bilan mehmon qilinib, faol bolajonlarga esa deputatlar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Tadbir bolajonlarimizga quvonch va xursandchilik baxsh etdi.