Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

BOLALAR BAXT CHECHAKLARI!

BOLALAR BAXT CHECHAKLARI!

Dunyoda bolalik quvonchi, bolalik zavqidan o‘tadigan tuyg‘u yo‘q. Bu tuyg‘u olamni xursandchilikka, shodlikka burkaydi. Ana shunday vaqtda hayot yanayam go‘zal va nurafshondek ko‘rinadi ko‘zimizga.

Bugun 1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Uchquduq tumanidagi muhtasham "Al qasr" kafesida "Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari" shiori ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.F.Xamroyev ishtirok etib bayram bilan bolajonlarni qutladi. Bolalarga estalik sovg'alar topshirildi.

Slide 1 of 4