Bugun respublikamizda bo‘lgani singari, tumandagi barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangradi.
- Xususan, Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati J. Sadirov bitiruvchilarni tabriklash maqsadida 2-sonli umumta'lim maktabida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchi o‘g‘il-qizlarga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirdi. Fidokorona mehnatlari uchun o‘qituvchilar hamda iqtidorli o‘quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.