Bugun Bo‘stonliq tumanidagi barcha maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
- Tumandagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘qituvchi va murabbiylar bu yil maktabni tamomlayotgan bitiruvchilarni katta hayotga kuzatishmoqda.
- Tadbirda Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati F. Axmedov ishtirok etib barcha bitiruvchilarni bugungi kun bilan tabriklab, katta hayot ostonasiga qadam qo‘yayotganida zafarlar yor bo‘lishini tiladi.
- Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan tabrigini o‘qib eshittirilib, o‘qituvchi hamda a'lochi o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.