Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining doimiy komissiyalari "O'zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o'rganishdi.

Tibbiy yordam koʻrsatish sifatini yaxshilash, mahalliy davolash- profilaktika muassasalarini, shu jumladan, tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining doimiy komissiya raislari Z.Avazov hamda M.Yo`ldosheva O'zLIDEP viloyat va tuman kengashi targ'ibot guruhi rahbari N.Mo'minovalar boshchiligida partiya deputatlari tuman tibbiyot birlashmasida bo'lishdi. 

Birlashmada dastlab deputatlar "O'zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan vazifalar yuzasidan tibbiyot sohasida qilinayotgan ishlar bilan tanishishdi. Birlashmada davolanayotgan bemorlar bilan suhbatda bo'lishib, ularga ko'rsatilayotgan tibbiy xizmat bilan tanishdilar. Muassasa hududini ko'zdan kechirishdi bo'limlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Slide 1 of 1