- Chinoz tumanida “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosi hamda
yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi
va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish
borasida 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Chinoz
tumani hokimi Sh.Salixovning hisoboti eshitildi;
- Chinoz tumanidagi sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning 2024-yilning 1-choragi
yakuni bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash
holati haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyati
Chinoz tumanidagi Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Karaboevning axboroti eshitildi;
- Chinoz tumanida huquqbuzarliklarni oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida
Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O.G‘anibekovning 1-chorak davomida amalga
oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti eshitildi.
- Chinoz tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati hamda huquqni
qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risida Chinoz tumani Adliya bo‘limi
tomonidan 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman
Adliya bo‘limi boshlig‘ining axboroti eshitildi.
- Chinoz tumanida“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar
hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish va
aholi bandligini ta’minlash borasida joriy yilning yanvar-aprel oylarida amalga
oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalari ko‘rib chiqildi.
Sessiya kun
tartibidagi masalalar muhokamasida deputatlar Yigitali Ruzaliyev, Nigora Muxamadiyeva,
Davron Teshaboyev, Ismoil Sodiqov, Olimjon Isoqovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining
savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.
Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli
qarorlar qabul qilindi.