Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Nurobod tumanida mahalla yetttiligi faoliyati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi

Bugun Nurobod tuman hokimligida mahallalar uyushmasi Nurobod tumani bo‘limi boshlig‘i L.Hamrayev va mas’ullar ishtirokida mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

L.Hamrayevning ta’kidlashicha, mahallaning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish hamda sohada boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida hamkorlikda faoliyat yuritadigan "Mahalla yettiligi" tashkil etildi.

«Obod mahalla», «Obod ko‘cha», «Obod xonadon» mezonlarini joriy etishda aholining faol ishtiroki va mas’uliyatini oshirish, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida daraxt va buta ko‘chatlari ekish bo‘yicha targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, yettilik tomonidan milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib qilish, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitni saqlash, to‘y-marosimlarni isrofgarchiliklarsiz ixcham o‘tkazilishini ta’minlash yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Har haftada bir marotaba mahalla hududidagi ta’lim tashkilotida o‘quvchilarning davomati, sport tashkilotlarining aholi uchun ochiqligi, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari atrofining tozaligi o‘rganib kelinmoqda.

39 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida 2230 nafar fuqaroning o‘zini o‘zi band qilishi, 100 kishining yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlariga, 45 nafari mas’uliyati cheklangan jamiyatga, 68 nafar ishsiz fuqarolar jamoat ishlariga, 424 nafar fuqarolar esa doimiy ish bilan ta’minlanishiga erishildi.

Shuningdek, mahallalarda qonun ustuvorligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarida ichki ishlar organlari, boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish, nuroniylarning bilim va boy hayotiy tajribasidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash yo‘lida samarali foydalanib kelinmoqda.

Slide 1 of 1