Bugun Nurobod tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Sh.Abduhalimov tashrif buyurib, Prezident va hukumat qarorlarining tumandagi ijrosi yuzasidan mahallalar aholisi bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yoshlarga yer ajratish, tibbiyot sohasidagi o‘zgarishlar, maktabgacha ta'lim tizimidagi islohotlar, "Yashil" energiyadan foydalanish, aholini kambag‘allikdan chiqarish, noqonuniy turar-joylarni ro‘yxatdan o‘tkazish borasida qilingan ishlar holati o'rganilib, aholining fikr-mulohazalari tinglandi.
Davlat dasturlar ijrosi yuzasidan faol va tashabbuskor mas’ullarning faoliyati alohida e’tirof etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar berlgilandi.