Deputat Erkin Salixov Navoiy va Taraqqiyot mahallalarida uchrashuv o‘tkazdi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Erkin Salixov bugun Oqdaryo tumanining Alisher Navoiy hamda Taraqqiyot mahallalarida bo‘lib, O‘zLiDeP deputatlari, yangi tashkil etilgan mahalla yettiligi va faollari uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida xalq vakili Prezidentimizning Sayxunobod tajribasini viloyatning chekka hududlariga ham yetkazish, aholi daromadini oshirishda tomorqa va uy xo‘jaligidan samarali foydalanish choralari yuzasidan ma’lumot berish bilan bir qatorda, Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yilida rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar haqida so‘z yuritib, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaratilayotgan shart-sharoitlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumotlar berdi.