🔹Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni talablari bajarilishi yuzasidan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan o‘rganish o‘tkazilib, Kengash qarori (https://kengash.gov.uz/doc/162075) qabul qilingan edi.
🔹Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimligi tomonidan aholiga Qonun talablariga rioya etilishi yuzasidan murojaat (https://t.me/bust_kengash/5665) qilingan.
🔹Deputatlik guruhi rahbari F.Axmedov tomonidan Qonun talablari bajarilishi va noqonuniy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha bugungi kunda tumanda olib borilgan ishlar o‘rganildi.