🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-son Farmoni talablariga asosan xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi deputati S.Ramatjonov tomonidan “Daxana” mahallasining aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🔹Uchrashuvda mahallalarda to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish, isrofgarchilikni oldini olish, dabdababozlikka chek qo‘yish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borildi.
Shuningdek, aholi qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan fuqarolar bilan ochiq suhbat tashkil etildi.