Toshkent viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat sho‘basi boshlig‘i L.Tog‘ayev, 23-Chanoq saylov okrugi deputati, Xalq deputatlari tuman Kengashining “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”si raisi Dj.Shaxmayev va tuman hokimining birinchi o'rinbosari E.Imamov boshchiligida Bekobod tumani hokimligi hamda tegishli tashkilotlar xodimlari uchun “Korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari hamda davlat xizmatchilarining mas’uliyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Seminarning asosiy maqsadi — xodimlarda halollik, mas’uliyat va vijdon bilan xizmat qilish madaniyatini yanada mustahkamlashdan iboratdir.