🔹O‘zbekiston ham mustaqillikning ilk yillaridayoq o‘z davlat ramzlarini — davlat gerbi, madhiyasi va bayrog‘ini qabul qildi. Ular orasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i alohida o‘rin tutadi. Davlat bayrog‘i 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan bo‘lib, u xalqimizning tarixiy merosi, dunyoqarashi va ezgu intilishlarini mujassam etadi.
🔹Yurtimiz bo‘ylab “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” shiori ostida o‘tkazilayotgan bayroq estafetasi Uchko‘prik tumanida ham taassurotlarga boy-esda qolarli bo‘ldi. Tantanali marаfon yurishlarida davlat va jamoatchilik faollari, deputatlar va yoshlar hamda katta avlod vakillari faol ishtirok etdilar.
Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati