Uchrashuvda, mahallalar qisqa vaqt ichida eng obod va namunali hududga aylantirilishi, asosiy e’tibor "Sayxunobod tajribasi", "Uychi tajribasi", "Zarbdor tajribasi" asosida ishsiz, kam daromadli aholi qatlamiga zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga qaratilishi, buning uchun fuqarolarning o‘zi ham tashabbuskor bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.