Xalq deputatlari tuman Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sessiya kun tartibida quyidagi masalalar kiritilib, ko‘rib chiqildi:
- Bo‘stonliq tumanining 2025-yilgi mahalliy budjetini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Bo‘stonliq tumanida 2025-yil uchun yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i bo‘yicha qo‘llaniladigan soliq stavkalarining kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsiyentlari hamda mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
- Bo‘stonliq tumanida sektorlar, davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini aniqlab hal etish, belgilangan dasturlarning ijrosi ta’minlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash yuzasidan 2024-yilda olib borilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bo‘stonliq tumanidagi Xalq qabulxonasi mudirining axboroti to‘g‘risida;
- Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasining 2024-yil 4-chorak daromadlari va xarajatlari ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston mahallalar uyushmasi Bo‘stonliq tumani bo‘limi boshlig‘ining hisoboti to‘g‘risida bo‘ldi.
Sessiya yakunida ko‘rilgan har bir masala yuzasidan xalq deputatlari tuman Kengashining qarorlari qabul qilindi.