Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda viloyat Kengashi deputati Mansur Zokirov, tuman hokimi o'rinbosari Sherzod Husenov va tuman Kengashi deputatlari, tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida fuqarolarning muammolari va murojaatlari o'rganildi.
Qabulda asosan elektr va gaz bilan bog'liq muammolar bo‘yicha murojaatlar tinglanib, tegishli tashkilotlar mutasaddilari ishtirokida zarur choralar ko‘rilishi bo‘yicha topshiriqlar, fuqarolarga esa huquqiy tushunchalar berildi.
Ta’kidlangandek, har bir murojaat asoslicha o‘rganilib chiqiladi va qonuniy yo‘l bilan yechimini topadi.