Xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining 5-sessiyasi Vobkent tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida Vobkent tuman hokimi Akmal Ostonov, sektor rahbarlari, tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.
Unda ko'rib chiqilgan muhim masalalar hamda ishlar haqida so'z yuritildi.
Bu borada deputatlarning ham fikr-mulohazalari va takliflari eshitildi. Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari Vobkent tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.