XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Yurtimizda tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish, aholi sog‘ligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Natijada sohada amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq zamonaviy shifo maskanlari qad rostlamoqda.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati G.Abramatova tashabbusi “Jayhun” mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida 6 turdagi tor mutaxassis vakillaridan maslahat ham oldi. Shuningdek, tibbiy ko‘rik davomida hozirgi vaqtda keng tarqalgan o‘pka kasalliklari, diabet, onkologik, yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish, profilaktika qilish va davolash usullari, sog‘lom turmush tarzi hamda faol jismoniy harakatning inson salomatligiga hissasi tushuntirildi.