Xalq bilan muloqot hayotdagi muammolarni oydinlashtiradi. Bu jarayonda deputatlar ham aholi bilan uchrashib, ularning taklif-istaklari bilan qiziqyapti, hayotda uchrayotgan muammolarga yechim topishga harakat qilmoqda, mahallama-mahalla yurib, odamlarning dardu tashvishini eshitmoqda.
14-“Bog‘zor” saylov okrugidan saylangan deputat O.Sharofutdinova o‘z saylov okrugidagi “Gulira’no” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan sayyor uchrashuvini o‘tkazdi. Fuqarorlar murojaatlari og‘zaki va yozma ravishda olindi.
Shuningdek, deputat faollar ishtrokida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olib, homiylik sovg‘alarini topshirdi.