Yangiliklar

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA BIR QATOR MASALALAR MUHOKAMA QILINDI.

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

👥Yigʻilishda tumandagi yoshlarning yozgi taʼtil davrini mazmunli, samarali va foydali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar dasturi muhokama qilinib, tasdiqlandi.

✔️Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi Vobkent tumani boʻlimi rahbari tomonidan mazkur dastur doirasida amalga oshiriladigan loyihalar va tadbirlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

🏃‍♂️‍➡️Dasturga koʻra, yozgi taʼtil davomida yoshlarni kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka yoʻnaltirish, IT va zamonaviy kasblar boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etish, sport musobaqalari, intellektual oʻyinlar, kitobxonlik tanlovlari, madaniy-maʼrifiy tadbirlar hamda turli festivallarni oʻtkazish rejalashtirilgan.

📚Shuningdek, “Yosh kitobxon”, “Zakovat”, “Qizlar akademiyasi”, “Ustoz AI”, “Ibrat farzandlari”, “UzChess” kabi loyihalar orqali yoshlarning bilim va salohiyatini oshirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsad qilingan.

📈Mazkur dastur yoshlarning intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, ularni jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taʼminlashga xizmat qiladi.

⚙️Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi yoshlar manfaatlari va kelajagiga daxldor masalalarni doimiy nazoratda saqlaydi.
 

Slide 1 of 6