Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Shuxrat Ergashev “Istiqlol”, “Kulolchi” MFY aholisi oʻrtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlar hamda bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
👥Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi hamda “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonunlarining mazmun-mohiyati aholiga keng tushuntirildi.
❓Jumladan, bolalarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha maʼlumot berildi.
📁Uchrashuv davomida fuqarolar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda qonunchilikda belgilangan imkoniyat va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushunchalarga ega boʻldilar.