Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati Baxtiyor Boboqulov tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari Sh. Ismatov va B. Navroʼzovlar bilan birgalikda tuman “Nuroniylar maskani” faoliyati oʻrganildi.
🔍Oʻrganish jarayonida mazkur maskanda nuroniylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat koʻrsatish tizimi, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning tashkil etilishi, salomatlikni tiklashga qaratilgan imkoniyatlar hamda ularning faol hayot tarzini qoʻllab-quvvatlashga xizmat qiluvchi infratuzilma holati bilan yaqindan tanishildi.
📌Shuningdek, nuroniylar bilan muloqot oʻtkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Ular tomonidan bildirilgan takliflar va mavjud muammolar yuzasidan tegishli qaydlar olinib, amaliy yechimlar ishlab chiqish boʻyicha masʼullarga tavsiyalar berildi.
❓Oʻrganish natijalariga koʻra, nuroniylarga yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xizmatlar sifatini oshirish hamda ularning ijtimoiy faolligini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
📁Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi tomonidan mazkur yoʻnalishdagi ishlar doimiy nazoratda boʻlishi taʼkidlandi.