Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Doimiy komissiya yig’ilishida:
Jamoat xavfsizligini ta’minlash natijalari, xususan, tumanda sodir etilgan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoiy holatlar yuzasidan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o'rinbosari O.Qosimovning 2025-yilning 3-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi . Mazkur masalalar bo’yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan o’z taklif va qo’shimchalarini bildirildi va navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish bo’yicha doimiy komissiya qarorlari qabul qilindi.