“Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari” bo‘yicha doimiy komissiyasining 2025-yil 21-oktabr kuni navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi.
Yig'ilish kun tartibiga kiritilgan masala Uzun tumanida qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik va huquqbuzar-liklarning oldini olish borasida 2025-yilning 3-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar haqida tuman prokurorining axboroti to‘g‘risida bo'lib o‘tdi.
Doimiy komissiya a'zolari tomonidan kun tartbidagi masalalar atroflicha tanqidiy muhokama qilinib, savol va takliflar bildirilib, kelgusida bajariladigan ustuvor yo'nalishlar bo'yicha hamkorlikda ish olib borish belgilandi.