Uzun tumanida maktabgacha ta'lim tashkilotlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi deputat nazoratida
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Aliqulov Usmonali Shoto‘rayevich Fayzabod mahallasida joylashgan 15-sonli MTTda bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
Deputat o‘rganish davomida bog‘chadagi isitish tizimi, quvurlar, elektr tarmoqlari holatini joyida ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish jarayonida ayrim texnik nosozliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga zarur tavsiyalar berildi.
Deputat Aliqulov Usmonali Shoto‘rayevich ta’lim muassasalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini sifatli yakunlash va bu borada doimiy deputatlik nazoratini olib borish muhimligini ta’kidladi.