Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Pillachilik orqali aholi bandligi ta’minlanmoqda

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov tomonidan hududda pillachilik yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi pillakor xonadonlarda ipak qurti parvarishi jarayonlari, yaratilgan sharoitlar hamda mavsumiy bandlik holati bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, hududda 16 quti ipak qurti parvarishlanayotgani hamda ushbu yo‘nalishda 8 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlangani qayd etildi.

Shuningdek, pillachilik orqali aholi daromadlarini oshirish, xonadonlarda samarali mehnat faoliyatini tashkil etish hamda hosildorlikni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3