Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rgandi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov tomonidan Yangiobod mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi.

Jarayonda mahalladagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari bilan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallada “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” orqali ro‘yxatga olingan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam, subsidiya va moddiy ko‘maklar holati yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganish davomida hududdagi 20 dan ortiq ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgani hamda fuqarolarning murojaatlarini ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 3