Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan hashar o‘tkazildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 3-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat M.Gaipov 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Abduvait hoji ota” qabristonida o‘tkazilgan obodonlashtirish hasharida mahalla ahli bilan birgalikda ishtirok etdi.

Hashar davomida qabriston hududini tozalash, tartibga keltirish hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Tadbir jarayonida ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirilib, hududni yanada obod va fayzli saqlashga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4